O‘zbekiston | 14:11 / 11.11.2024
12169
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

YTH “Navoiy-Uchquduq” yo‘lida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nexia haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan Exeed bilan to‘qnashgan.

Foto: Videodan kadr

Navoiyda inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 9 noyabr kuni soat taxminan 16:00 larda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan “Navoiy-Uchquduq” yo‘lida sodir bo‘lgan. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, Nexia haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib borayotgan transport vositasini quvib o‘tish jarayonida qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Exeed mashinasi bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida bir kishi voqea joyida, bir kishi shifoxonada vafot etgan.

Keyingi vaqtlarda sodir etilayotgan YTHlarning aksariyatiga tezlikni oshirish, quvib o‘tish qoidalarini qo‘pol ravishda buzish sabab bo‘lmoqda. Haydovchilarning o‘ziga ortiqcha ishonib yuborishi, afsuski, yo‘llarda o‘lim holatlarini keltirib chiqaryapti. Shu sababli, haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘rab qolamiz”, dedi Navoiy viloyati IIB axborot xizmati rahbari Fayoz Qosimov.

Hozirda YTH yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Qayd etilishicha, YTH sabablari va aniq xulosalar tergov jarayonida ma’lum bo‘ladi.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketishi oqibatida uch yigit halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid