Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Besh tashabbus olimpiadasi» sport musobaqasi tashkil etiladi
Shuningdek, har bir maktabda bosqichma-bosqich sport klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
«Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yil:
- 1 martga qadar boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari yosh toifasi bo‘yicha harakatli o‘yinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro‘yxati shakllantiriladi;
- 1 iyunga qadar maktab o‘quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o‘quvchilarning sportga qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan reyting tizimi ishlab chiqiladi;
- 1 mayga qadar maktab sport klublari a’zolari uchun Zomin tumani «Lochin» dam olish maskanida o‘quvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash bazasi tashkil etiladi;
- 1 iyulga qadar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab:
- 5–11-sinflar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqiladi;
- har bir maktabda bosqichma-bosqich sport klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
- har yili an’anaviy tarzda maktablar o‘quvchilari o‘rtasida «Besh tashabbus olimpiadasi» sport musobaqalari tashkil etiladi.
Mavzuga oid
18:05 / 26.05.2026
Yangi o‘quv yilida 800 mingga yaqin bola 1-sinfga qabul qilinadi
21:17 / 07.05.2026
11 may kuni umumta’lim maktab yuqori sinflarida dars o‘tiladi – vazirlik
23:33 / 17.04.2026
Maktablarda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari sanasi belgilandi
19:36 / 08.04.2026