Jahon | 09:01
2192
3 daqiqa o‘qiladi

«Gazprom» Avstriyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi

16 noyabrdan boshlab Avstriyaga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi. Bir kun oldin OMV «Gazprom eksport» bilan arbitraj ishida g‘alaba qozonganini e’lon qildi.

Foto: AP

Rossiyaning «Gazprom» davlat konserni Avstriyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatmoqda. Avstriyaning OMV neft-gaz kompaniyasi «Gazprom»dan 16 noyabrdan boshlab gaz yetkazib berish butunlay to‘xtatilishi haqida bildirishnoma oldi, deyiladi OMV 15 noyabr, juma kuni e’lon qilgan bayonotda. Ta’minot Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 06.00 dan (Toshkent vaqti bilan 10.00) dan nolga kamayadi, deya aniqlik kiritdi kompaniya.

Bir kun oldin OMV «Gazprom eksport» bilan arbitraj ishida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Kompaniya sud qaroridan so‘ng Rossiya tomonidan foizlar va sud xarajatlarini qo‘shimcha ravishda 230 million yevro miqdorida undirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. OMV 2022 yil kuzida gaz yetkazib berish to‘xtatilgani sababli 2023 yil boshida «Gazprom eksport»ga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi.

Sud qaroridan keyin OMV «Gazprom eksport» bilan shartnoma munosabatlarining yomonlashishi, jumladan, gaz ta’minoti to‘xtatilishini istisno etmadi. Ushbu bayonot fonida Yevropada gaz narxi o‘tgan yil davomida eng yuqori darajaga yetdi.

GFR STG terminallari operatoriga RFdan gaz qabul qilishni taqiqladi

Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vazirligi suyultirilgan tabiiy gaz (STG) terminallari davlat operatori Deutsche Energy Terminal (DET)ga Rossiya xomashyosini «umuman qabul qilmaslik»ni buyurdi. Bu haqda 14 noyabr kuni vazirlikning 6 noyabrdagi xatiga tayanib, Financial Times nashri xabar berdi.

FT ma’lumotlariga ko‘ra, maktub mamlakatdagi to‘rtta STG terminalini boshqaradigan DET'ga, kompaniya hukumatni Brunsbyuttele shahrida Rossiya STG yuki haqida xabardor qilganidan keyin yuborilgan. Vazirlik DET'ga «muhim davlat manfaatlari» yo‘lida «keyingi ogohlantiruvga qadar Rossiyadan STG olishdan bosh tortishni» buyurdi.

Ta’kidlanishicha, agar bunday yuklar qabul qilinsa, Germaniya va butun Yevropa Ittifoqi uchun «Rossiya gazidan mustaqillikni» ta’minlash maqsadida yaratilgan terminallarning «butun ma’nosi» yo‘qoladi.

Mavzuga oid