Germaniya Federal statistika idorasi ma’lumotiga köra, 2025 yilda mamlakat fuqaroligini olgan çet elliklar soni 332,5 ming nafarni taşkil etgan. Bu 2024 yilga nisbatan 14 foizga köp bölib, 2000 yildan buyon qayd etilgan eng yuqori natija hisoblanadi.

Fuqarolik olganlar orasida eng katta uluşni suriyaliklar taşkil etgan — 65,6 ming kişi. Keyingi örinlarda Turkiya va Rossiya fuqarolari joylaşgan bölib, ularning soni mos ravişda 34,1 ming va 19,7 ming nafarga yetgan.

Ekspertlar Turkiya va Rossiya fuqarolari orasida naturalizatsiyaning keskin ösişini Germaniya fuqarolik qonunçiligi liberallaştirilgani bilan izohlamoqda. 2024 yil iyunidan boşlab çet elliklarga öz vatani fuqaroligidan voz keçmasdan Germaniya pasportini oliş huquqi berilgan. Şuningdek, mamlakatda qonuniy yaşaşning minimal muddati sakkiz yildan beş yilga qisqartirilgan.

Şu bilan birga, 2025 yilda Germaniyaga köçib kelganlar soni ham kamaygan. Mamlakatga 1,48 million kişi kelgan bölsa, 1,25 million kişi uni tark etgan. Natijada sof migratsiya körsatkiçi 230 ming kişini taşkil etib, bir yil oldingi davrga nisbatan 45 foizga pasaygan.

Statistikaga köra, Germaniya fuqarolari 2025 yilda asosan Şveytsariya, Avstriya va Ispaniyaga köçib ketgan.