Toshkent viloyatida salkam 7 kiloli chaqaloq tug‘ildi
Chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Toshkent viloyati Nurafshon shahar tug‘uruq kompleksida vazni 6 kilogramm 865 gramm bo‘lgan chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.
«Chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Ona kesarcha kesish orqali tug‘dirilgan, bu uning ikkinchi farzandidir», — deyiladi xabarda.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Feruza Rahmatullayevaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida. U bunday holat Toshkent viloyatida birinchi bor kuzatilayotganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil aprelda Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi akusherlik kompleksida yetti kiloli qizaloq tug‘ilgan edi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 million 355,4 ming nafarni tashkil etmoqda. Joriy yilning 9 oyida O‘zbekistonda 693,9 nafar tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 716, 9 ming kishini tashkil etgan. Hisobot davrida tug‘ilishlar soni 3,2 foizga qisqargan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
Jamiyat | 08:42
-
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 08:37
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
Mavzuga oid

12:10 / 31.10.2024
Nurafshonda yarim milliard so‘mdan ortiq elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi

09:51 / 11.10.2024
Toshkentda "Spark" va "Matiz" to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

11:28 / 16.07.2024
Toshkent viloyatida 16 qavatli uy xonadonlaridan birida yong‘in yuz berdi

07:47 / 21.06.2024