Toshkent-Guangjou yo‘nalishida yangi havo qatnovi ochildi
O‘zbekistoning Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent-Guangjou yo‘nalishi bo‘yicha ilk havo qatnovini amalga oshirdi.
Xitoyning Guangjou shahridagi "Bayyun" xalqaro aeroporti qo‘nish maydonida ekipaj a’zolari va yo‘lovchilari hudud aviatsiya sohasi mutasaddilari, aeroport ma’muriyati, Centrum Air aviakompaniyasi rahbariyati hamda OAV vakillari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.
Tadbir davomida Xitoy tomoni mamlakatlar o‘rtasidagi tobora o‘sib borayotgan hamkorlikni ijobiy baholab, hududlar o‘rtasida yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarning yo‘lga qo‘yilishi madaniy va iqtisodiy almashinuvlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
"Bayyun" xalqaro aeroporti direktorining o‘rinbosari Pan Jian O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib Xitoy fuqarolariga vizasiz kirish huquqini taqdim etgani va mazkur aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilgani mahalliy biznes doiralari vakillari va sayyohlarning O‘zbekistonga tashrifini yanada osonlashtirishda muhim omil bo‘lishini urg‘uladi.
Ushbu reys bilan Centrum Air aviakompaniyasi ko‘magida Xitoyning 20 dan ortiq sayyohlik kompaniyalari va tur agentliklari vakillarining mamlakatga tashrifi amalga oshirildi. Uning doirasida O‘zbekistonning turizm salohiyati, sohada yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishish va yangi mavsum uchun istiqbolli sayyohlik dasturlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Aviaqatnovlar dekabr oyidan haftasiga 2 marotaba, yakshanba va chorshanba kunlari Guangjou shahridagi "Bayyun" xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
11:52 / 24.05.2024
Toshkent va Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda
16:10 / 12.12.2023
Samarqanddan Yevropa shaharlariga havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
07:39 / 06.09.2023
Toshkent metrosi yo‘nalishlarida qatnov intervali tig‘iz vaqtlarda qisqartirildi
10:36 / 06.02.2023