Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston kartoshka yetishtirish bo‘yicha Eron tajribasini o‘rganmoqda
O‘zbekiston O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev boshchiligida delegatsiya tashrif bilan Eronning Hamadon viloyatida bo‘ldi.
Foto: "Dunyo" AA
Tashrif doirasida Hamadondagi kartoshka yetishtirish bo‘yicha Golden Feeder Co. kompaniyasi direktori Mohammadreza Jamalizade va Soltani kompaniyasi direktori Qorban Soltani bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, ushbu kompaniyalarning kartoshka yetishtiriladigan maydonlari va omborxonalarda saqlanayotgan mahsulotlar holati bilan tanishdi.
Tomonlar kelgusida kartoshka yetishtirish va eksport qilish yo‘nalishida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
16:04
Ali Xominaiy namoyishlarda minglab kishilar halok bo‘lganini tan oldi
03:55
YeI Eron ustidan parvoz qilish xavfi haqida ogohlantirdi
09:35 / 17.01.2026
YeI aviaregulyatori aviakompaniyalarni Eron ustida uchmaslikka chaqirdi
16:57 / 16.01.2026