Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla kompaniyasi nosozlik tufayli 700 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi
AQShning Tesla kompaniyasi shinalarda bosimni nazorat qilish tizimidagi muammolar sabab Model 3, Model Y va Cybertruck modellarini chaqirib olishini e’lon qildi.
Tesla kompaniyasi shinalarda bosimni nazorat qilish tizimidagi muammolar sabab AQShdagi 694 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib oladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Qayd etilishicha, bu turdagi nosozlik Model 3, Model Y va Cybertruck’larda kuzatilgan. Tesla ushbu muammoni dasturiy ta’minotni yangilash yordamida hal etishini ma’lum qildi.
Shinadagi bozimni nazorat qilish tizimi datchigi g‘ildiraklardagi past bosim haqida signal bermay qo‘yishi mumkin, bu esa avariyalar xavfini oshiradi — haydovchi shinadagi bosim yetarli emasligini bilmasligi mumkin.
Tesla bundan oldin ham avtomobillarini chaqirib olishini e’lon qilgandi. Noyabr oyida Amerika kompaniyasi 2,4 mingdan ziyod Cybertruck pikaplarini chaqirib olishi aytilgan edi. Iyun oyida esa Tesla xavfsizlik kamarini taqishdagi ogohlantirish tizimida kuzatilgan nosozlik sabab AQShda 125 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib olishi ma’lum bo‘lgandi. Aprelda esa Tesla 4 mingga yaqin Cybertruck elektromobillarini chaqirib olishi aytilgan edi. Ushbu mashinalarning gaz tepkisi detali almashtirilishi kerak.
Mavzuga oid
07:48 / 24.05.2026
Toshkentda Tesla’ni yuqori tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
18:31 / 25.04.2026
Tesla rulsiz va tepkisiz Cybercab avtomobilini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi
08:10 / 09.04.2026
Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?
10:07 / 30.01.2026