Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
Prezident Zelenskiy Ukrainaning Yaponiya, Xitoy va Sloveniyadagi elchilarini, shuningdek, mamlakatning BMTdagi doimiy vakilini lavozimdan bo‘shatishga oid qarorlarni imzoladi.
Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat diplomatik korpusidagi o‘zgarishlarga oid qarorlarni imzoladi. Hujjatlar mamlakat prezidenti saytida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, Zelenskiy Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Sergey Kislitsani lavozimdan bo‘shatdi. Shuningdek, mamlakatning Yaponiyadagi elchisi Sergey Korsunskiy, Xitoydagi elchi Pavel Ryabikin va 2022 yildan beri Sloveniyadagi elchi sifatida ishlab kelayotgan sobiq mudofaa vaziri Andrey Taran lavozimlaridan olindi.
Bundan tashqari, BMTning Jyeneva bo‘linmasidagi Ukrainaning doimiy vakili Yevgeniy Flipenko ishdan olindi. Uning o‘rniga Yevgeniy Tsimbalyuk tayinlandi. Shuningdek, Ukraina tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Emine Japarovani mamlakatning Venadagi xalqaro tashkilotlar vakili etib tayinlashga oid hali kuchga kirmagan hujjat bekor qilindi.
Ukrainaning Sloveniya, Vengriya, Kongo, Filippindagi yangi elchilari tayinlandi, shu bilan birga Ruanda va Litvadagi diplomatik missiyalari rahbarlari o‘zgartirildi. Ukrainaning Indoneziyadagi elchisi ham lavozimdan olindi. Mamlakat TIVning sobiq spikeri — oktyabr oyida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan Maryana Betsa Ukrainaning YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Mavzuga oid
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
13:17 / 17.01.2026
Zelenskiy: Ukraina delegatsiyasi AQShga yo‘l oldi
12:17 / 17.01.2026