Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat diplomatik korpusidagi özgarişlarga oid qarorlarni imzoladi. Hujjatlar mamlakat prezidenti saytida e’lon qilindi.
Qayd etilişiça, Zelenskiy Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Sergey Kislitsani lavozimdan böşatdi. Şuningdek, mamlakatning Yaponiyadagi elçisi Sergey Korsunskiy, Xitoydagi elçi Pavel Ryabikin va 2022 yildan beri Sloveniyadagi elçi sifatida işlab kelayotgan sobiq mudofaa vaziri Andrey Taran lavozimlaridan olindi.
Bundan taşqari, BMTning Jyeneva bölinmasidagi Ukrainaning doimiy vakili Yevgeniy Flipenko işdan olindi. Uning örniga Yevgeniy Tsimbalyuk tayinlandi. Şuningdek, Ukraina taşqi işlar vazirining sobiq örinbosari Emine Japarovani mamlakatning Venadagi xalqaro taşkilotlar vakili etib tayinlaşga oid hali kuçga kirmagan hujjat bekor qilindi.
Ukrainaning Sloveniya, Vengriya, Kongo, Filippindagi yangi elçilari tayinlandi, şu bilan birga Ruanda va Litvadagi diplomatik missiyalari rahbarlari özgartirildi. Ukrainaning Indoneziyadagi elçisi ham lavozimdan olindi. Mamlakat TIVning sobiq spikeri — oktyabr oyida taşqi işlar vaziri örinbosari etib tayinlangan Maryana Betsa Ukrainaning YuNESKO işlari böyiça Milliy komissiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

















