Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Ukraina ombudsmanlari harbiy asirlar bilan suhbatlashdi
Tomonlar tinch aholini qaytarish, oilalarni birlashtirish va boshqa gumanitar tashabbuslarni yanada amalga oshirish masalalarini ko‘tardilar.
Foto: Anadolu Agency
30 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova va Ukraina Oliy radasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Dmitriy Lubinets o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda Rossiya ombudsmani Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi postida ma’lum qildi.
«Biz ikki tomondan harbiy asirlar bilan suhbatlashdik, gumanitar aloqalar, tinch aholini qaytarish, oilalarni birlashtirish istiqbollarini muhokama qildik», — dedi Tatyana Moskalkova.
Dmitriy Lubinets, o‘z navbatida, Moskalkova bilan uchrashuvi haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar tinch aholini qaytarish, oilalarni birlashtirish va boshqa gumanitar tashabbuslarni yanada amalga oshirish mavzusini ko‘targan.
«Ukraina uchun Jyeneva konvensiyalarining ustuvorligi va inson huquqlari hurmat qilinishi muhim. Shuning uchun men har bir uchrashuvda buni ta’kidlayman! Biz barcha ukrainaliklarni vatanga qaytarish ustida ishlashda davom etamiz!» - dedi u.
Mavzuga oid
14:09 / 12.05.2026
Rossiya uch kunlik sulhdan keyin Ukrainaga hujumlarni yana boshladi
09:18 / 12.05.2026
Ukrainada Andrey Yermak pul yuvishda gumonlanmoqda
09:09 / 12.05.2026
Ukraina NATOga uzoq masofali dron va raketalar yetkazib berishga tayyor
08:52 / 12.05.2026