Nyu Yorkdan Toshkentga uchayotgan reys mast yo‘lovchi sabab Qozonga qo‘ndi
Parvoz vaqtida spirtli ichimlik ichgan 26 yoshli yo‘lovchi boshqalarga xalaqit berib, janjal ko‘targan. Shundan so‘ng u bog‘lab qo‘yilgan va Boeing 787 samolyoti Tataristonga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan.

Foto: Shot/Uzbekistan Airways
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Nyu Yorkdan Toshkentga uchayotgan reysi mast yo‘lovchi sabab Qozonga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Telegramʼdagi Shot kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 26 yoshli Suhrob U. parvoz vaqtida spirtli ichimlik ichib, janjal ko‘tarishni boshlagan va bu boshqa yo‘lovchilarga yoqmagan, ogohlantirishlarga qaramay u tinchlanmagan. Shundan so‘ng yo‘lovchi bog‘lab qo‘yilgan, Boeing 787 havo kemasi esa bugun, 13 yanvar kuni soat 06:10 da Qozonga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan.
Erkak reysdan olib qolingan va politsiya bo‘linmasiga olib borilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bort bir necha soatdan keyin Toshkentga muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Nyu York — Toshkent reysida uchgan yo‘lovchilardan birining bortda mast holatda janjal ko‘targani hamda xavfsizlik talablarini buzgani sabab samolyot Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgandi. Favqulodda holat sabab yo‘nalishi o‘zgargan Uzbekistan Airways AJ 22 ming 244 dollar zarar ko‘rgan edi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

17:00 / 13.05.2025
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

18:39 / 12.05.2025
Mahachqal’a-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 1 oyga kechikishi mumkin

10:06 / 12.05.2025
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi

22:37 / 09.05.2025