Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Aqto‘be viloyati o‘rtasida muntazam reyslar tashkil etiladi
O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida xizmat safarida bo‘lib, hukumat, biznes doiralari hamda ta’lim va turizm sohalari vakillari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
Aqto‘be viloyati akimi Asxat Shaxarov bilan uchrashuv davomida, Samarqandda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumi, qishloq xo‘jaligi, sanoat, turizm, o‘zaro savdo sohalaridagi hamkorlik, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish kabi keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida, Asxat Shaxarov Aqto‘be viloyatining mamlakat bilan o‘zaro savdo aylanmasi 2024 yilning 10 oyida 40 million AQSh dollarini tashkil etganligini ta’kidlab, turizm, gastronomik, tibbiy, tarixiy, madaniy va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, 2025 yilning birinchi choragida Aqto‘be va Navoiy viloyatlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini ishlab chiqish, turizmni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolash, hududga mamlakatdan meva-sabzavot mahsulotlari va qurilish materiallari yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston va Aqto‘be o‘rtasida muntazam reyslarni tashkil qilish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Viloyatga tashrif doirasida Kudaybergen Jubanov nomidagi Aqto‘be mintaqaviy universiteti prorektori Raxim Beknazarov bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.
Suhbat chog‘ida prorektor O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish va ikki tomonlama ta’lim tizimini ishga tushirish, mamlakatimizdagi ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari bilan talabalar hamda o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlarini tashkil qilish borasida takliflarni ilgari surdi.
Diplomatik missiya rahbari, shuningdek, Aqto‘be viloyati tadbirkorlar palatasida qurilish, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, logistika kompaniyalari rahbarlari va viloyat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mavzuga oid
10:08 / 24.03.2026
Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi qator reyslar bekor qilindi
11:33 / 04.03.2026
Toshkent-Dubay reyslari 4 martdan bosqichma-bosqich tiklanadi
10:22 / 18.02.2026
Tuman sabab Guanchjou-Toshkent reysi Samarqandga yo‘naltirildi
08:51 / 18.02.2026