Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fevralning ilk kunida qanday ob-havo kutilmoqda?
Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 1 fevral, shanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–5 daraja, kunduzi +5...+7 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. 0...–5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –7...–12 daraja, kunduzi –2...–7 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:10 / 15.05.2026
Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi
12:01 / 08.05.2026
Hafta oxirida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
21:00 / 07.05.2026
To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi
18:46 / 07.05.2026