Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya hukumat qurilmalarida DeepSeek’dan foydalanishni taqiqladi
Avstraliyada DeepSeek’ning taqiqlanishi Xitoy texnologiyalariga qo‘yilgan cheklovlarning davomi bo‘ldi. 2018 yilda mamlakat o‘zining 5G-infratuzilmasidan Huawei va ZTE’ni chiqarib tashlagandi.
Avstraliya davlat ixtiyorida bo‘lgan barcha qurilmalarda Xitoyning DeepSeek sun’iy intellektidan foydalanishga taqiq joriy etdi, deb xabar beradi Bild. Shaxsiy gadjetlar uchun hozircha cheklovlar yo‘q, ammo hukumat xavfsizlikka jiddiy tahdidlardan ogohlantirmoqda.
«Hukumat milliy xavfsizlik va mamlakat manfaatlarini himoya qilish uchun tez va keskin harakat qilmoqda», — deydi Avstraliya ichki ishlar vaziri Toni Byork.
DeepSeek — ChatGPT’ning xitoycha muqobili bo‘lib, 2025 yil 10 yanvar kuni taqdim etilgandi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, ularning texnologiyasi g‘arbdagi raqobatchilaridan qolishmaydi, ammo ulardan ancha arzonga tushadi. Ammo ekspertlarning ogohlantirishicha, foydalanuvchilarning barcha ma’lumotlari Xitoy serverlarida saqlanadi.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha avstraliyalik mutaxassis Dana Makkeyning ta’kidlashicha, to‘plangan ma’lumotlardan nafaqat jinoyatlarni tergov qilishda, balki iqtisodiy josuslikda ham foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, DeepSeek’da kuchli senzura mavjud. Masalan, u 1989 yilda Tyananmen maydonida sodir bo‘lgan voqealar, Si Jinping yoki Madaniy inqilobga oid savollarga javob bermaydi.
Avstraliyada DeepSeek’ning taqiqlanishi Xitoy texnologiyalariga qo‘yilgan cheklovlarning davomi bo‘ldi. 2018 yilda mamlakat o‘zining 5G-infratuzilmasidan Huawei va ZTE’ni chiqarib tashlagan, 2023 yilda esa TikTok’ni potensial tahdid sifatida tan olgan edi. Endilikda AQSh, Fransiya, Irlandiya va Janubiy Koreya ham DeepSeek’dan foydalanishni cheklash choralarini ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq OpenAI dasturchi kompaniyasi vakillari DeepSeek sun’iy intellekt kompaniyasini o‘g‘rilikda ayblagandi. Texnik mutaxassislarga ko‘ra, gap modellarni tayyorlash uchun zarur vosita bo‘lgan «distillash» deb ataladigan vosita haqida ketmoqda.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026