Toshkentda uy-joy uchun ijara narxi arzonlashishda davom etmoqda
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2024 yilning yanvar oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi.

Foto: Kun.uz
Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari dekabr oyiga nisbatan 0,1 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 0,3 foizga arzonlashdi.
O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. 2024 yilning yanvar oyida o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali va 2 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxi dekabr oyiga nisbatan mos ravishda 0,3 foiz va 0,4 foizga pasaygan bo‘lsa, 3 xonali va 4 xonali xonadonlar uchun mos ravishda 0,1 foizga va 0,3 foizga ko‘tarilgan.
O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli tumani (1 xonali — 297 AQSh dollari, 2 xonali – 355 AQSh dollari, 3 xonali – 415 AQSh dollari, 4 xonali — 419 AQSh dollari);
- Olmazor tumani (1 xonali – 293 AQSh dollari, 2 xonali – 352 AQSh dollari, 3 xonali – 419 AQSh dollari, 4 xonali – 493 AQSh dollari).
Nisbatan qimmat ijara narxlari:
- Mirobod tumani (1 xonali – 344 AQSh dollari, 2 xonali – 512 AQSh dollari, 3 xonali – 643 AQSh dollari, 4 xonali – 705 AQSh dollari);
- Yakkasaroy tumani (1 xonali – 383 AQSh dollari, 2 xonali – 487 AQSh dollari, 3 xonali – 677 AQSh dollari, 4 xonali – 722 AQSh dollari).
To‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. Mazkur davrda to‘liq ta’mirlangan 1 va 3 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxi 0,5 foizga, 2 xonalilar uchun 0,7 foizga pasaygan bo‘lsa, 4 xonali xonadonlar uchun 0,5 foizga oshgan.
To‘liq ta’mirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli tumani (1 xonali – 321 AQSh dollari, 2 xonali – 417 AQSh dollari, 3 xonali – 513 AQSh dollari, 4 xonali – 641 AQSh dollari);
- Uchtepa tumani (1 xonali – 386 AQSh dollari, 2 xonali – 450 AQSh dollari, 3 xonali – 534 AQSh dollari, 4 xonali – 624 AQSh dollari).
Nisbatan qimmat ijara narxlari:
- Mirobod tumani (1 xonali – 485 AQSh dollari, 2 xonali – 731 AQSh dollari, 3 xonali – 1027 AQSh dollari, 4 xonali – 1328 AQSh dollari);
- Shayxontohur tumani (1 xonali – 521 AQSh dollari, 2 xonali – 732 AQSh dollari, 3 xonali – 1093 AQSh dollari, 4 xonali – 1381 AQSh dollari).
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pavel Durov Telegram’da virtual g‘ishtlar sotish ortidan 100 mln rubl ishlab oldi
Jahon | 21:55
-
1 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 21:40
-
“Kvars” davlat ixtiyoriga qaytarilganiga izoh berildi
O‘zbekiston | 21:36
-
Fuqarolarning hujjatsiz uy-joylarga nisbatan huquqlarini e’tirof etish boshlandi
O‘zbekiston | 21:10
Mavzuga oid

11:59
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov

21:16 / 26.03.2025
Ko‘p qavatli uylarni isitish yopiq tizimga o‘tadi. Bu qanday ishlaydi?

18:16 / 26.03.2025
Fransiyada ijarachi uy egasini «haddan tashqari yuqori» ijara narxi uchun sudga berdi

17:12 / 26.03.2025