“Qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilarining yerdan foydalanişdagi mustaqilligini ta’minlaşga qaratilgan navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra, yer uçastkalarini paxtaçilik va ğallaçilik ixtisosligi böyiça ijaraga olgan sub’yektlar jami yer uçastkasining 50 foiz qismiga nisbatan ijara huquqidan ixtiyoriy ravişda voz keçganda yer uçastkasining özida qoladigan qismi uçun yangi tizimda belgilangan huquqlar, majburiyatlar va yangidan 49 yilga ijara huquqiga ega böladi va bunda sub’yektlarning:

qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştiriş uçun tijorat banklaridan olingan kredit va soliqlardan qarzdorligi bölmasligi;

yer uçastkalariga bölgan ijara huquqlari tijorat banklariga garov ta’minoti sifatida qöyilmagan bölişi talabi qöyiladi.

Qiymati kamida 10 mln AQŞ dollari ekvivalentida eng yaxşi taklifni tanlab oliş yöli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oşiriş uçun qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalari:

mahalliy investorlarga 49 yil muddatga va “Ijaraga berilgan qişloq xöjaligi yerlariga xizmat körsatiş direksiyasi”ga 25 yil muddatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan (Qoraqalpoğiston Respublikasida 2027 yil 31 dekabrga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi tomonidan ham) belgilangan tartibda töğridan-töğri ijaraga beriladi.

2027 yildan şoli yetiştirişda an’anaviy (sepma) usuldan töliq voz keçib, şolini faqat lazerli tekislangan maydonlarga köçat usulida hamda zamonaviy don ekiş seyalkalari orqali ekiş tartibi joriy etiladi.