Sport | 17:04 / 17.02.2025
3696
1 daqiqa o‘qiladi

Sanjar Tursunov 38 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Sanjar Tursunov faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 

Foto: UFA

«Bugun men professional futboldagi faoliyatimga yakun yasaganimni e’lon qilmoqchiman. Butun futbol jamoatchiligiga, milliy jamoaga va faoliyatim davomida o‘ynagan barcha klublarga, murabbiylarga, jamoadoshlarimga hamda futbol muxlislariga tashakkur izhor etaman», — deb yozdi 38 yoshli o‘yinchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Tursunov faoliyati davomida «Volga», «Alaniya», «Orenburg», «Vorskla», «Umm Salal», «Al Huritiyat», «Tejon Sitizen», «Bunyodkor», OKMK va «Lokomotiv» klublarida harakat qilgan.

Sanjar O‘zbekiston milliy jamoasida 50 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid