Bugun, 17 sentabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg şahrida boks böyiça jahon çempionatining töqqizinçi kun bellaşuvlari bölib ötmoqda.
Özbekiston boks terma jamoasining -91 kg vazn toifasidagi vakili Sanjar Tursunov mazkur jahon çempionatidagi ikkinçi jangini hindistonlik Sanjit Sanjitga qarşi ötkazdi va 1:4 hisobida mağlub böldi.



Şu tariqa, jahon çempionatida hozirça Özbekiston jamoasining uç nafar vakili - Elnur Abduraimov (-63 kg), Fanat Qahramonov (-75 kg) va Sanjar Tursunov (-91 kg) öz iştirokini yakunlaşdi.
Bugun keçki dasturda Özbekiston terma jamoasining yana 4 nafar vakili çorak final yöllanmasi uçun ringga kötariladi.
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Muhammad Hamout (Marokaş)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Delante Jonson (AQŞ)
-81 kg: Dilşod Rözmetov – Andre Paul Aradoay (Ruminiya)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Tsotne Rogava (Ukraina).
Janglarni tomoşa qiliş uçun link:
Ring B: Mirazizbek Mirzaxalilov - Muhammad Hamut, 19:25 dan söng, Bobousmon Baturov - Delante Jonson, 19:55dan söng, Dilşodbek Rözmetov - Andrei Aradoay, 21:20 dan söng, Bahodir Jalolov - Tsonte Rogava, 22:30dan söng.
















