Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kredit ajratilishini o‘ziga o‘zi taqiqlash nazarda tutilgan qonun ma’qullandi
Qonun fuqarolar ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimini rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan.
Senatning yalpi majlisida «Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

Qonunga jismoniy shaxslar bilan kredit bitimlarini tuzishga taqiq belgilash va uni olib tashlashga bo‘lgan huquqlar, ularni kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritishning tartibi va shartlari, shuningdek, kredit axborotidan foydalanuvchilarning belgilangan taqiqni buzgan holda kredit bitimi tuzganligi uchun javobgarlik belgilanilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonunda firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning xabarisiz kredit mablag‘larini ularning nomiga rasmiylashtirish va mazkur kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlarining oldini olishga qaratilgan mexanizmini yaratishga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish nazarda tutilgan.
Shuningdek, qonunda fuqaroning kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestrida mavjudligi yoki mavjud emasligi, taqiqlash (taqiqni bekor qilish) to‘g‘risidagi arizaning holati haqida axborot olish hamda berishda kredit byurolariga nisbatan huquq va majburiyatlar, ularga nisbatan qo‘llanadigan choralar va sanksiyalar ham aks ettirilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi fuqarolar ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimini rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida kredit byurosiga ariza kiritish orqali fuqaro bilan kredit bitimini tuzishni taqiqlash imkonini beradi.
Mavzuga oid
13:12 / 18.06.2026
Prezident yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish muhimligini ta’kidladi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026