Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Ushbu qonun bilan aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishning umumiy qoidalari, davlat organlarining ushbu sohadagi vakolatlari, aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar aniq belgilanmoqda.
Senatning yalpi majlisida senatorlar “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi.
Qayd etilishicha, sanoat korxonalari soni oshishi, keng ko‘lamli qurilishlar, shaharlarning kengayib borishi, transport vositalarining ko‘payishi kabi omillar tufayli aholining maishiy hayotida shovqinning salbiy ta’siri ortib bormoqda.
Amalda esa aholi salomatligi va osoyishtaligiga, normal dam olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi zararli shovqinlarga qarshi kurashish masalalarini kompleks tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas.
Shovqinning zararli ta’siri me’yorlarini nazarda tutuvchi 7 ta sanitariya norma va qoida amal qilsa-da, qonunchilikda bu borada qat’iy talablar belgilanmagan. Natijada ushbu sanitariya norma va qoidalariga so‘zsiz rioya etilishi ta’minlanmayapti.
Bundan tashqari, qonunchilikda inson salomatligi uchun zarar keltiruvchi va ruxsat etilgan darajadan yuqori bo‘lgan shovqinlarni keltirib chiqarayotgan obektlarni javobgarlikka tortish masalalari to‘liq va aniq belgilanmagan.
Ushbu qonun bilan aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishning umumiy qoidalari, davlat organlarining ushbu sohadagi vakolatlari, aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar aniq belgilanmoqda.
Shuningdek, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan shovqinlar, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘i, shovqinning zararli ta’siri uchun kompensatsiya to‘lovlariga oid normalar nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarning aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish borasidagi huquqlari va majburiyatlari belgilanmoqda.
Mavzuga oid
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026