Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Skype tez orada yopilishi mumkin
Xizmatning yaqin orada yopilishi haqidagi xabar yangi versiyasida qayd etilgan.
Foto: Shutterstock
Microsoft 2025 yil may oyida Skype xabar almashish va videoqo‘ng‘iroqlar xizmatini yopishi mumkin. Bu haqda XDA Developers portali yozdi.
Portal o‘quvchilaridan biri Windows uchun Skype xizmatining yangi beta-versiyasida xizmatning yopilishi haqidagi ma’lumotlardan iborat kod paydo bo‘lganini payqadi.
«May oyidan boshlab Skype ishlamaydi. Teams orqali qo‘ng‘iroq qilish va suhbatlashishda davom eting», deyiladi kodda. Shundan so‘ng «ba’zi do‘stlaringiz allaqachon Teams ilovasidan foydalanmoqda» degan yozuv keladi.
Microsoft kompaniyasi Skype yopilishini rasman e’lon qilmadi.
Skype 2003 yilda ishga tushirilgan va shved kompaniyasi Tele2 sobiq xodimlari Niklas Zennström va Yanus Friis ishtirokida estoniyalik dasturchilar jamoasi tomonidan yaratilgan. 2011 yilda ushbu xizmat Microsoft tomonidan 8,5 milliard dollarga sotib olindi. 2019 yilda Microsoft biznes uchun Skype xizmati faoliyati to‘xtatilishini (bu 2021 yilda sodir bo‘ldi) va tashkilotlar Microsoft Teams xizmatiga o‘tishi kerakligini e’lon qildi.
Tavsiya etamiz
“Ona uchun yasalgan pechka” – migrantlikdan pechkachilikkacha
Jamiyat | 09:05 / 06.11.2025
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
Jahon | 19:21 / 05.11.2025
O‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:13 / 05.11.2025
Tramp nishonida - Venesuela. Nega?
Jahon | 18:30 / 05.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston-Britaniya: sanoatga integratsiyalashgan ta’lim loyihalari rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston | 10:01
-
Putin Lavrovdan norozimi? Moskvada kadrlar bo‘yicha signallar
Jahon | 09:55
-
“S5+1” doirasida: O‘zbekiston va AQSh agrar sohada strategik sheriklikni kuchaytiradi
Uzbekistan | 09:31
-
BMT XK Suriya rahbariyatidan sanksiyalarni olib tashladi: ash-Shar’a 10 noyabr kuni Vashingtonga boradi
Jahon | 09:22
Mavzuga oid
18:55 / 14.10.2025
Microsoft kompaniyasi Windows 10 tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi
20:59 / 26.09.2025
Microsoft Isroildagi falastinliklarni kuzatish uchun foydalanilgan xizmatlarni blokladi
07:09 / 04.08.2025
Rossiyalik hakerlar o‘zini "Kasperskiy laboratoriyasi" sifatida ko‘rsatgan
08:40 / 23.07.2025