Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya rus harbiy attashesi chiqarib yuborilishiga javob qaytarishini bildirdi
Ruminiya Rossiya harbiy attashesi va uning yordamchisini «1961 yilgi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga mos kelmaydigan faoliyati» uchun «persona non grata» deb e’lon qildi.
Rossiya TIV binosi Foto: Sergey Bobylev/ TASS
Moskva 5 mart, chorshanba kuni Ruminiyaning Rossiya harbiy attashesi va uning o‘rinbosarini persona non grata deb e’lon qilganiga javob qaytarishga va’da berdi. Bu haqda TASS agentligi Rossiya tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar qildi.
«Rossiya tegishli javob beradi», — deya jurnalistlar Rossiya TIV bayonotidan iqtibos keltirdi.
Avvalroq Ruminiya tashqi ishlar vazirligi Rossiya harbiy attashesi va uning mamlakatdagi yordamchisi «1961 yildagi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyati uchun» persona non grata deb e’lon qilinganini ma’lum qilgandi. Ushbu harakatning sabablari haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi saytidagi press-relizga ko‘ra, tegishli ma’lumotlar Rossiya Federatsiyasining Ruminiyadagi muvaqqat ishlar vakili Yelena Kopninaga yetkazilgan va u Ruminiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Emil Xurezeanu buyrug‘i bilan chaqirilgan.
Keyinroq Kopnina TASS bilan suhbatda vaziyatni izohlar ekan, «Rossiya tomoni bu qadamni asossiz va nodo‘stona deb hisoblaydi va javob choralarini qo‘llash huquqini o‘zida saqlab qoladi», deb ta’kidladi.
https://www.dw.com/ru/rf-poobesala-otvet-na-vysylku-rossijskogo-voennogo-attase-iz-rumynii/a-71838029
Mavzuga oid
12:21 / 07.11.2025
RF harbiysi Ukrainada umrbod qamoqqa hukm qilindi
08:39 / 22.09.2025
BBC va "Mediazona" Rossiyaning 133 ming harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi
08:03 / 09.09.2025
Latviyada bedarak yo‘qolgan kanadalik harbiy o‘lik holda topildi
07:24 / 04.09.2025