Moskva 5 mart, çorşanba kuni Ruminiyaning Rossiya harbiy attaşesi va uning örinbosarini persona non grata deb e’lon qilganiga javob qaytarişga va’da berdi. Bu haqda TASS agentligi Rossiya taşqi işlar vazirligiga tayanib xabar qildi.

«Rossiya tegişli javob beradi», — deya jurnalistlar Rossiya TIV bayonotidan iqtibos keltirdi.

Avvalroq Ruminiya taşqi işlar vazirligi Rossiya harbiy attaşesi va uning mamlakatdagi yordamçisi «1961 yildagi Diplomatik munosabatlar töğrisidagi Vena konvensiyasi qoidalariga töğri kelmaydigan faoliyati uçun» persona non grata deb e’lon qilinganini ma’lum qilgandi. Uşbu harakatning sabablari haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Ruminiya Taşqi işlar vazirligi saytidagi press-relizga köra, tegişli ma’lumotlar Rossiya Federatsiyasining Ruminiyadagi muvaqqat işlar vakili Yelena Kopninaga yetkazilgan va u Ruminiya taşqi işlar vazirligi rahbari Emil Xurezeanu buyruği bilan çaqirilgan.

Keyinroq Kopnina TASS bilan suhbatda vaziyatni izohlar ekan, «Rossiya tomoni bu qadamni asossiz va nodöstona deb hisoblaydi va javob çoralarini qöllaş huquqini özida saqlab qoladi», deb ta’kidladi.

https://www.dw.com/ru/rf-poobesala-otvet-na-vysylku-rossijskogo-voennogo-attase-iz-rumynii/a-71838029