Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada barcha erkaklar harbiy yig‘inlardan o‘tishi majburiy bo‘ladi
Polsha bosh vaziri Donald Tusk hozirgi 200 ming kishilik armiyani 500 ming kishiga yetkazish kerakligini aytdi.
Polshada barcha erkaklar uchun harbiy tayyorgarlikni majburiy qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Seymdagi chiqishi davomida mamlakat bosh vaziri Donald Tusk ma’lum qildi.
«Biz joriy yil oxiriga qadar Polshadagi har bir erkak tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi va ushbu zaxira potensial tahdidlarga mos kelishini ta’minlovchi qonun loyihasini tayyorlashga harakat qilamiz», — deydi bosh vazir Tusk.
Polsha hukumati rahbarining ma’lum qilishicha, hozirgi 200 ming kishilik armiyani 500 ming kishiga yetkazish, jumladan, zaxiradagilar sonini ham oshirish kerak. Shu bilan birga, hukumatning hisoblashicha, ayollar ham harbiy xizmatdan o‘tish huquqiga ega, ammo «urush asosan erkaklar maydonligicha qolmoqda».
Tusk o‘z chiqishi davomida mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foiziga qadar oshirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Bundan oldin Polsha mudofaaga yo‘naltiriladigan mablag‘larni YaIMning 4,7 foiziga qadar oshirishni e’lon qilgandi — bu NATO davlatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Avvalroq Polsha bosh vaziri 155 milliard yevrolik rekord sarmoyalar haqida e’lon qilgandi. Uning katta qismi xavfsizlikka yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
21:47 / 06.04.2026
Harbiy xizmatchilar uchun oliygohga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi
19:05 / 31.03.2026
Talaba qizlarga harbiy tayyorgarlikdan o‘tish huquqi kafolatlanishi mumkin
09:54 / 28.03.2026