Varşavada Özbekistonning mehnat resurslari salohiyatini tarğib qiliş va Polşa kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirişga bağişlangan taqdimot tadbiri bölib ötdi.
Unda Polşaning Grupa Progres, Gremi Personal, Personnel International kabi 20 dan ortiq yetakçi rekruting va iş beruvçi kompaniyalari vakillari iştirok etdi.
Muzokaralar davomida polyak iş beruvçilari Özbekistondan işçi kuçini jalb qiliş böyiça aniq ehtiyojlarini ma’lum qildi. Xususan, logistika sohasi uçun 2000 nafar, xizmat körsatiş tarmoği uçun 800 nafar, sanoat sohasiga 600 nafar va quriliş yönalişiga 200 nafar mutaxassis kerakligi aytildi. Şu tariqa, jami 3600 ga yaqin özbekistonlikni iş bilan ta’minlaş imkoniyati mavjudligi qayd etildi.
Tadbirda iştirok etgan polyak kompaniyalari vakillari Özbekistonni işonçli va istiqbolli hamkor sifatida baholadi. Ular özbekistonlik xodimlarni jalb qilişga tayyor ekanini, bu borada özaro hamkorlikni yanada kuçaytirişdan manfaatdorligini bildirdi.
Şuningdek, Polşa tadbirkorlar va iş beruvçilar ittifoqi vakillari ikki davlat örtasida samarali migratsiya siyosatini yölga qöyiş böyiça muzokaralar muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Qayd etilişiça, Polşa iqtisodiyoti doimiy işçi kuçiga ehtiyoj sezmoqda va Özbekiston bu borada işonçli hamkorlardan biri bölişi mumkin.
Uçraşuvda markaziy osiyolik, xususan, özbekistonlik xodimlarga talab yuqori ekani ham alohida urğulandi. Ayrim kompaniyalar viza tartib-taomillarini soddalaştiriş orqali mehnat migratsiyasi jarayonlarini yanada yengillaştiriş muhimligini bildirdi.
Muzokaralar yakunida Özbekiston Migratsiya agentligi va akkreditatsiyadan ötgan bandlik taşkilotlari iştirokida B2B formatida navbatdagi uçraşuvlarni taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi. Bu esa fuqarolarning Polşada xavfsiz, qonuniy va tartibli mehnat faoliyatini yölga qöyişda muhim qadam sifatida baholanmoqda.












