Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi AQShdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
Vatandoshlar O‘zbekistonga qaytish uchun eski namunadagi pasportlardan foydalana olmaydi.
AQShdagi o‘zbekistonliklar vatanga qaytish uchun eski namunadagi (biometrik bo‘lmagan) pasportdan foydalana olmaydi. Bu haqda O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi, deb yozdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi.
Qayd qilinishicha, eski namunadagi pasportlar 2020 yil 1 yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan. Shu munosabat bilan muddati o‘tgan yoki o‘tmagan eski namunadagi pasport egalari O‘zbekistonning AQShdagi vakolatxonalari (elchixona va konsulxona) orqali O‘zbekistonga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirishi kerak.
Avvalroq, Markaziy Amerikaning Kosta Rika davlati AQShdan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.
Keyinchalik, prezident Tramp ma’muriyati Qo‘shma Shtatlardagi noqonuniy migrantlarga «o‘z-o‘zini deportatsiya qilish» imkonini beruvchi mobil ilovani taqdim etdi.
Mavzuga oid
18:32
2026 yilda ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi mamlakatlar e’lon qilindi
10:25
AQSh kelishmoqchi, Eron o‘ylanyapti, Isroil asabiylashmoqda
09:55
AQSh va Armaniston hamkorlik bo‘yicha qator kelishuvlarni imzoladi
14:12 / 26.05.2026