O‘zbekiston | 11:51
731
2 daqiqa o‘qiladi

Xotin-qizlar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanadi

Prezidentning "Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Foto: O‘zA

Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida 2025 yilda xotin-qizlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha ravishda 200 mln AQSh dollari yo‘naltiriladi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi yetti yil muddatga, Markaziy bankning asosiy yillik stavkasi bo‘yicha jami 100 mln AQSh dollari ekvivalentida – shundan AT "Xalq banki"ga – 35 mln AQSh dollari, "Biznesni rivojlantirish banki" ATBga – 35 mln AQSh dollari va "Mikrokreditbank" ATBga – 30 mln AQSh dollari miqdorida kredit resurslarini ajratadi.

Tijorat banklari "Mahalla loyihasi" dasturi doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun tashqi moliya bozorlaridan 100 mln AQSh dollari ham jalb qilishlari kerak.

Hujjat bilan ayollar loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar quyidagicha berilishi belgilangan:

  • "Biznesni rivojlantirish banki" ATBga ajratilgan mablag‘lar hisobidan, Hamroh ayollar-tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida belgilangan tartib va mexanizmlarga muvofiq;
  • AT "Xalq banki" va "Mikrokreditbank" ATBga ajratilgan mablag‘lar hisobidan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida belgilangan tartib va mexanizmlarga muvofiq.

Mavzuga oid