Yuk mashinasini bo‘laklarga bo‘lib olib kirishga urinish aniqlandi
Hujjatlarda avtomobilning 11 turdagi ehtiyot qismlari deb ko‘rsatilgan yuklar aslida yaxlit bitta tovar – tayyor holatdagi samosvalning bo‘laklari ekani aniqlandi. Bojxona qo‘mitasiga ko‘ra, bu orqali yuk egasi 800 mln so‘mlik bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lgan. Iqtisodchilar bunday holatlar mahalliy ishlab chiqaruvchini himoyalash uchun joriy etilgan yuqori bojlarning oqibati ekanini ta’kidladi.

Bojxona ombori hududida ehtiyot qismlardan mashina yig‘ish jarayoni
“Sirg‘ali” bojxona postida xorijdan keltirilgan 11 turdagi avto ehtiyot qismlari aslida bir butun holdagi tovar – samosval ekani fosh bo‘ldi, deya xabar tarqatdi Bojxona qo‘mitasi.
“Transport vositasini qismlarga ajratib go‘yoki avto ehtiyot qism niqobi ostida olib kirishga urinish orqali yuk egasi 800 mln so‘mlik bojxona to‘lovlarini “tejamoqchi” bo‘lgan”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Qo‘mita e’lon qilgan videoda samosvalning qismlari bojxona ombori hovlisida yig‘ilib, tayyor transport vositasiga aylantirilgani va yura boshlagani ko‘rinadi.

Iqtisodchi Otabek Bakirov bu holatga munosabat bildirib, O‘zbekistonda samosvallar uchun 70 foiz va yana har bir kub motor hajmi uchun 3 dollarlik boj o‘rnatilganini qayd etdi.
U, shuningdek, xuddi shunday samosvallar Samarqanddagi yuk mashinalari zavodida ham yig‘ilishiga e’tibor qaratdi. Bakirovning fikricha, yuqori bojlar aynan shu “ishlab chiqaruvchi”ni himoya qilish uchun joriy etilgan
“Bojxona qo‘mitasiga tashakkur deyman. Chunki ular O‘zbekistonning 34 yillik “mahalliylashtirish” yolg‘onlarini bitta video bilan ochib tashlashdi. Chunki bunaqa yolg‘onlar faqat samosvallar bilan tugamaydi-da!” – deya yozdi iqtisodchi.
Nyu York universiteti professori, iqtisodchi Behzod Hoshimovning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatning ro‘y berayotgani – savdo va sanoat siyosatidagi xatolardan darak beradi.
“Agar men O‘zbekistonda savdo siyosati yoki umuman sanoat siyosatiga mas’ul shaxs bo‘lganimda, bu voqeadan uyalar edim”, dedi u.
Uning qayd etishicha, yuk mashinalarining qimmatligidan har bir o‘zbekistonlik iqtisodiy zarar ko‘radi.
“Har bir iste’mol qilgan tovaringizda, har bir qurilayotgan binoda bu sun’iy narx yuqoriligi o‘z aksini albatta topadi. Yuk mashinalari deyarli har bir iqtisodiy almashuvda qayerdadir qatnashgan bo‘ladi – demak, uning ta’siri yo‘q bo‘lgan sohaning o‘zi yo‘q”, – deya yozdi iqtisodchi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 18:34
-
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi
Jahon | 18:26
-
Tramp 48 soat ichida uch yetakchi bilan muloqotda muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV
Jahon | 18:23
-
Toshkentda o‘zini IIV mansabdori sifati tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi
Jamiyat | 17:38
Mavzuga oid

16:42 / 29.05.2025
UzAuto Motors Malibu sotuvini ochganidan bir soat o‘tmay shartnomalar tugab qoldi

18:54 / 28.05.2025
“Senator so‘rov yubormaguncha pul olib yurilgan” - Tanzila Norboyeva import avtolarga ekosertifikat haqida

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

16:35 / 23.05.2025