Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Bektemirdagi yangi bog‘ga ko‘chat ekdi
Shuningdek, prezident mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bilan samimiy muloqot bo‘lib, barchani kirib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.
Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi yangi bog‘ga davlat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari bilan birga ko‘chat ekdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Iykota, Majnuntol, Zilola, Rohat va Iqbol mahallalari orasidagi bu hudud avval qarovsiz joy bo‘lgan. Uch gektarlik hududga o‘rmon konsepsiyasi asosida 3 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan. Ularning sug‘orilishi va parvarishiga mas’ullar biriktirilgan.

Shuningdek, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bilan samimiy muloqot bo‘ldi. Davlat rahbari jamoatchilik vakillariga ushbu xayrli tashabbusga hissa qo‘shayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Barchani kirib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.
Prezident farmoyishi bilan e’lon qilingan dolzarb bir oylik doirasida mahallalarda dehqonchilik va obodonlashtirish ishlari safarbarlik bilan olib borilmoqda. Bahorda 125 million tup ko‘chat ekilishi mo‘ljallangan. Bunda ekin joylarini to‘g‘ri tanlash, sug‘orishni yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.



«Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yili davlat dasturiga muvofiq, bu yil ko‘chatchilikka ixtisoslashgan 18 ta o‘rmon xo‘jaligi tashkil qilinadi. Ularda «ilm-loyiha-amaliyot» tamoyili asosida genetik seleksiya ishlari kuchaytirilib, plantatsiyalar kengaytiriladi. «Yashil olam» platformasi ishga tushirilib, ko‘chatlarni onlayn sotib olish yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025