“Özbekiston–2030” strategiyasi loyihasiga köra, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi ekologik muammolar ta’sirini kamaytiriş, şahar va hududlar mikroklimatini yaxşilaş hamda aholi uçun qulay yaşaş muhitini şakllantiriş maqsadlariga xizmat qilişi kutilmoqda. Loyihada daraxt ekiş bilan birga, har bir ekiladigan daraxtni parvariş qiliş va suğoriş tizimini yölga qöyişga ham urğu berilgan.

Loyihada belgilangan asosiy maqsadlar quyidagiça:

  • har yili 200 million tup daraxt ekib boriş va ekiladigan har bir daraxtni parvariş qiliş hamda suğoriş tizimini yaratiş;
  • respublikada yaşillik darajasini, şu jumladan şaharlar hududining yaşil maydonlar bilan qoplanişini 30 foizga yetkaziş;
  • respublika hududlarida yaşil boğlar sonini 1023 taga yetkaziş;
  • atrof-muhitga ta’siri yuqori bölgan korxonalar tomonidan öz va tutaş hududlarda har yili 10 million tup köçat ekib, “yaşil belboğ”lar barpo etiş;
  • Toşkent şahrida 4450 gektar yangi yaşil maydonlarni barpo etiş.

Loyihaga köra, bu çoralar nafaqat kökalamzorlaştiriş kölamini kengaytiriş, balki daraxtlar yaşovçanligini ta’minlaydigan suğoriş va parvariş infratuzilmasini şakllantiriş orqali “Yaşil makon” taşabbusining samaradorligini oşirişga qaratilgan.