Toşkent şahri iqlimiga mos köçatlarni yetiştiriş böyiça yangi loyiha doirasida 21 gektar hududda daraxt va butalarni parvarişlaş yölga qöyildi. Uşbu maydonga eman, çinor, lipa, lola daraxti, zarang hamda sadaqayrağoç kabi turlar ekilişi rejalaştirilgan.

Qayd etilişiça, hudud töliq avtomatik tomçilatib suğoriş tizimi bilan jihozlanadi. Suğoriş jarayonlarida artezian suvidan foydalaniladi.

Hozirda 5 gektar maydonda köçat ekiş işlari boşlangan bölib, bu hududga 6 turdagi jami 8 640 ta daraxt köçati ekiş közda tutilgan. Köçatlar ikki yil davomida şu yerda parvariş qilinib, keyinçalik Toşkent şahrining turli hududlariga köçirib ötkaziladi.

Ma’lum qilinişiça, köçatlar Turkiya, Italiya, Germaniya, Niderlandiya, Ispaniya, şuningdek Yevropa va Xitoydan keltirilmoqda. Işlar turkiyalik mutaxassis nazorati ostida amalga oşirilmoqda.