Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga ilk bor ayol kishi prezidentlikka saylandi
Zimbabvelik Kirsti Koventri Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidentligiga saylandi. U mazkur lavozimni egallagan birinchi ayol bo‘ladi.

Foto: AP
Kirsti Koventri Xalqaro olimpiya qo‘mitasining (XOQ) yangi prezidenti etib saylandi. Bu haqda tashkilot sayti orqali ma’lum qilindi.
Koventri XOQning Gretsiyada o‘tkazilgan 144-sessiyasida yashirin ovoz berish orqali yetti nafar nomzod ichidan saylangan. U endi sakkiz yil davomida mazkur lavozimda faoliyat yuritadi va 23 iyun kuni vakolatlar topshirilganidan keyin ishga kirishadi.
41 yoshli Koventri zimbabvelik bo‘lib, sobiq suzuvchi. U ikki karra Olimpiada va yetti karra jahon chempioni, bir nechta jahon rekordlarini o‘rnatgan. Zimbabveda Koventri 2018 yildan beri sport vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. 2013 yildan beri u XOQ a’zosi. Shuningdek, u 2017 yildan 2024 yilga qadar Xalqaro syorfing federatsiyasi vitse-prezidentli lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Qo‘mitaning qayd etishicha, Koventri XOQ prezidenti lavozimini egallagan nafaqat birinchi ayol, balki birinchi afrikalikka aylanadi. Uning birinchi o‘yinlari 2026 yilda Milanda va Kortinada bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada bo‘ladi. Koventri, shuningdek, Rossiyaning o‘yinlarga qo‘yilishi bilan bog‘liq masalalarni hal qilishi kerak. Ammo u saylovlarda taqdim etgan qisqa taqdimotida bu masala bo‘yicha hech narsa demagan.
Kirsti Koventri XOQning 10-prezidentiga aylanadi. Unga qadar mazkur lavozimni 12 yil davomida germaniyalik Tomas Bax egallab keldi. U 2013 yilda lavozimga saylangan, 2021 yilda esa yana to‘rt yil muddatga qayta saylangan edi.
Tavsiya etamiz
Yana uchta muhim o‘yin. O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
Sport | 17:29 / 22.03.2025
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda humanoid robot sotuvga chiqariladi
Fan-texnika | 00:41
-
Alphabet Wiz startapini 32 mlrd dollarga sotib oladi
Fan-texnika | 00:00
-
Andijonda Matiz ikki nafar bolani urib yubordi
Jamiyat | 23:35 / 23.03.2025
-
Meksikada mayyalarning muqaddas ibodatxonasiga chiqqan turist kaltaklandi
Jahon | 23:11 / 23.03.2025
Mavzuga oid

08:42 / 22.03.2025
XOQ rahbari harbiy mojarolar tufayli o‘yinlardan chetlatishga qarshi chiqdi

21:28 / 17.03.2025
Boks 2028 yilda Olimpiada dasturiga qaytishi mumkin

18:55 / 26.02.2025
XOQ rossiyalik va belaruslik sportchilarni Olimpiadaga qaytarishga harakat qilmoqda – OAV

22:04 / 26.09.2024