Onlayn-Olimpiya öyinlari dökoni 11 fevral, çorşanba kuni Germaniya OAVdagi tanqidlardan söng, natsistlar Germaniyasida ötkazilgan 1936 yilgi Olimpiada ramzlari tuşirilgan futbolkani sotuvdan olib taşladi. Italiyada bölib ötadigan qişki öyinlar arafasida musobaqaning rasmiy onlayn-dökoni (u Xalqaro olimpiya qömitasi buyurtmasiga köra xususiy britan kompaniyasi tomonidan boşqariladi) ilgarigi Olimpiadalar ramzlariga bağişlangan futbolkalar kolleksiyasini çiqargan edi.
Xususan, bu kolleksiyada Afina, Rim, Los-Anjyeles, Seul, Sidney va boşqa şaharlarda ötgan Olimpiadalar motivlari taqdim etilgan. Kolleksiya tavsifida şunday deyilgan: “Har bir öyin insonparvarlikni uluğlaş uçun dunyo bir joyga töplangan tarixdagi betakror vaqt va betakror joyni aks ettiradi”.
Germaniyaning Bild gazetasi kolleksiyada 1936 yilgi Olimpiadaning rasmiy plakati tuşirilgan futbolka ham sotilayotganiga e’tibor qaratdi. Bu plakat rassom Frans Vyurbel tomonidan yaratilgan: unda lavr gulçambari taqqan qadimiy haykal, Berlindagi Brandenburg darvozasining kvadrigasi va Olimpiya halqalari tasvirlangan. Öyinlar vaqtida hukumat “tinçliksevar” Germaniya obrazini tarğib qilgan, holbuki öşa paytning özida mamlakatda yahudiylar va rejimning siyosiy raqiblari ta’qib qilinib kelayotgan edi. 1936 yilgi Olimpiadadan uç yil ötib Germaniya Ikkinçi jahon uruşini boşladi.
Bild bilan suhbatda Berlin federal yeri parlamenti (deputatlar palatasi) deputati, “Ittifoq-90/Yaşillar” partiyasi vakili Klara Şedlix 1936 yilgi Olimpiada natsist rejimining propagandasida markaziy vosita bölganini eslatdi: u “rejimga xalqaro tan olinişni ta’minladi va diktaturani normallaştirdi, uning jinoiy mohiyatini yaşirdi”. Şedlixning aytişiça, 1936 yilgi öyinlarni natsistlar propagandasi bilan boğliqligidan ayro holda körib çiqib bölmaydi.
11 fevral keçqurun e’lon qilingan bayonotda Xalqaro olimpiya qömitasi “Berlindagi 1936 yilgi Olimpiya öyinlari va natsistlar propagandasi örtasidagi boğliqlik”ni, albatta, tan olişini bildirdi. Biroq şu bilan birga, “öşa öyinlarning sport ölçami”ni ham inobatga olişga çaqirdi: unda 49 mamlakatdan kelgan 4483 nafar sportçi 149 ta musobaqada medallar uçun kuraşgan.












