“Bu kutilayotgan hibs edi” - tahlilchilar Imomo‘g‘lining qo‘lga olinishi haqida
Akrom Imomo‘g‘lining hibsga olinishi nafaqat Turkiya ichkarisida, balki dunyo miqyosida ham rezonansga sabab bo‘ldi. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatshunoslar Fazliddin Madiyev va Habibulloxon Azimov hukmron partiya va muxolifat nizosining sabablari, hibs ortidagi siyosiy omillar va buning kelgusi saylovlarga ta’sirini muhokama qildi.
— Akrom Imomo‘g‘li nima uchun hibsga olindi?
Fazliddin Madiyev: Dastlab shuni ta’kidlashimiz kerakki, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni butun dunyo qanchalik tanisa, unga muxolif bo‘lgan Akrom Imomo‘g‘lini ham xalqaro hamjamiyat shunchalik taniydi. Imomo‘g‘liga nisbatan choralar ko‘rilishi aslida kutilayotgan holat edi, lekin 2028 yilgacha bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshadi degan tasavvur bor edi. Biroq so‘rovnomalarda Imomo‘g‘lining prezidentlik saylovlarida reytingi yuqori bo‘lishi borgan sari oydinlasha boshladi. Shuning uchun ham asta-sekin amalga oshirish rejalashtirilgan ssenariy tezlashib ketdi, deb o‘ylayman.
Unga qo‘yilayotgan ayblovlarga kelsak, oliygoh diplomining soxtaligi, avvalgi faoliyatida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ygani, davlat mulkidan shaxsiy maqsadda foydalangani va kurd ayirmachilari bilan aloqalari ko‘rsatilmoqda. Ayblovlar faqatgina Imomo‘g‘liga emas, uning maslakdoshlariga nisbatan ham tayyorlangan “delo”lar stol ustiga qo‘yildi.
Turkiya konstitutsiyasiga ko‘ra, prezidentlikka nomzod oliy ma’lumotli bo‘lishi shart, agarda Imomo‘g‘lining diplomi haqiqatan ham soxta deb topilsa, u saylovlardan chetlatiladi.
— Akrom Imomo‘g‘li va Erdo‘g‘an o‘rtasida qanday nizo yoki qarama-qarshilik bor edi?
Habibulloxon Azimov: Turkiya siyosiy ob-havosini belgilashda Istanbul, Anqara va Izmir shaharlari juda muhim. Biroz tarixga nazar tashlasak, 2019 yil Istanbul hokimligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tgan va juda muhim viloyatda “Jumhuriyat xalq partiyasi”dan nomzod Akrom Imomo‘g‘li kichik farq bilan bo‘lsa-da Erdo‘g‘an partiyasi vakili Binali Yildirimni 1-turda mag‘lub etgan edi. Lekin “Adolat va taraqqiyot partiyasi” konstitutsion sudga murojaat qilib, saylov natijalarini bekor qilishga va qaytadan saylov o‘tkazishga erishadi. Shunga qaramay, Imomo‘g‘li qayta ovoz berishda ham sezilarli ustunlik bilan yana g‘alaba qozongan. Erdo‘g‘an bu hududdagi mag‘lubiyatini og‘ir qabul qilgan edi. 2024 yilgi saylovlarda ham “Adolat va taraqqiyot partiyasi” Istanbulda mag‘lubiyatga uchrab, bu qarama-qarshilik yanada keskin tus oldi.
Suhbatni to‘liq shaklda YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin. Tahlilchilar Imomo‘g‘liga nisbatan kurd ayirmachilari bilan aloqalariga doir ayblovlar, bu hibsga olish Erdo‘g‘anning hokimiyatda qolish ambitsiyalariga mosligi, mamlakatdagi hozirgi vaziyatga xalqaro reaksiyalar va turk lirasining keskin qulashi haqida ham o‘z fikrlarini bildirishdi.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
Yangi “inomarka”lar savdosi 2 barobardan ko‘proqqa kamayib ketdi
Iqtisodiyot | 10:04 / 23.03.2025
Yana uchta muhim o‘yin. O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
Sport | 17:29 / 22.03.2025
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada Erdo‘g‘an erasi va Imomo‘g‘li omili – siyosatshunoslar nigohida
Jahon | 15:43
-
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16
-
Firibgarlar tuzog‘iga eng ko‘p tushadigan odamlar toifasi ma’lum qilindi
Jamiyat | 14:13
-
Xavfli fazaga kirayotgan G‘azo, 4 oblastni talab qilayotgan Rossiya va migrantlar uchun eng qora yil - kun dayjesti
Jahon | 14:07
Mavzuga oid

15:43
Turkiyada Erdo‘g‘an erasi va Imomo‘g‘li omili – siyosatshunoslar nigohida

09:34
Turkiyadagi namoyishlar: 1100 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

20:30 / 24.03.2025
«Ular Erdo‘g‘anga „yetar“ deyishdi». Turkiyada Imomo‘g‘li qo‘lga olinishi ortidan nimalar bo‘lmoqda?

09:31 / 24.03.2025