Akrom Imomöğlining hibsga olinişi nafaqat Turkiya içkarisida, balki dunyo miqyosida ham rezonansga sabab böldi. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar Fazliddin Madiyev va Habibulloxon Azimov hukmron partiya va muxolifat nizosining sabablari, hibs ortidagi siyosiy omillar va buning kelgusi saylovlarga ta’sirini muhokama qildi.
— Akrom Imomöğli nima uçun hibsga olindi?
Fazliddin Madiyev: Dastlab şuni ta’kidlaşimiz kerakki, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanni butun dunyo qançalik tanisa, unga muxolif bölgan Akrom Imomöğlini ham xalqaro hamjamiyat şunçalik taniydi. Imomöğliga nisbatan çoralar körilişi aslida kutilayotgan holat edi, lekin 2028 yilgaça bu jarayon bosqiçma-bosqiç amalga oşadi degan tasavvur bor edi. Biroq sörovnomalarda Imomöğlining prezidentlik saylovlarida reytingi yuqori bölişi borgan sari oydinlaşa boşladi. Şuning uçun ham asta-sekin amalga oşiriş rejalaştirilgan ssenariy tezlaşib ketdi, deb öylayman.
Unga qöyilayotgan ayblovlarga kelsak, oliygoh diplomining soxtaligi, avvalgi faoliyatida korrupsion holatlarga yöl qöygani, davlat mulkidan şaxsiy maqsadda foydalangani va kurd ayirmaçilari bilan aloqalari körsatilmoqda. Ayblovlar faqatgina Imomöğliga emas, uning maslakdoşlariga nisbatan ham tayyorlangan “delo”lar stol ustiga qöyildi.
Turkiya konstitutsiyasiga köra, prezidentlikka nomzod oliy ma’lumotli bölişi şart, agarda Imomöğlining diplomi haqiqatan ham soxta deb topilsa, u saylovlardan çetlatiladi.
— Akrom Imomöğli va Erdöğan örtasida qanday nizo yoki qarama-qarşilik bor edi?
Habibulloxon Azimov: Turkiya siyosiy ob-havosini belgilaşda Istanbul, Anqara va Izmir şaharlari juda muhim. Biroz tarixga nazar taşlasak, 2019 yil Istanbul hokimligi uçun saylovlar bölib ötgan va juda muhim viloyatda “Jumhuriyat xalq partiyasi”dan nomzod Akrom Imomöğli kiçik farq bilan bölsa-da Erdöğan partiyasi vakili Binali Yildirimni 1-turda mağlub etgan edi. Lekin “Adolat va taraqqiyot partiyasi” konstitutsion sudga murojaat qilib, saylov natijalarini bekor qilişga va qaytadan saylov ötkazişga erişadi. Şunga qaramay, Imomöğli qayta ovoz berişda ham sezilarli ustunlik bilan yana ğalaba qozongan. Erdöğan bu hududdagi mağlubiyatini oğir qabul qilgan edi. 2024 yilgi saylovlarda ham “Adolat va taraqqiyot partiyasi” Istanbulda mağlubiyatga uçrab, bu qarama-qarşilik yanada keskin tus oldi.












