Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
Davlat rahbari ushbu og‘ir va musibatli damlarda qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va barcha yaqinlariga, Myanma xalqiga chuqur ta’ziya va hamdardlik izhor etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Myanma hududida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani, jiddiy talofotlar ko‘rilgani munosabati bilan Myanma Ittifoqi Respublikasi davlat boshqaruvi kengashi raisi General Min Aun Hlaynga hamdardlik maktubi yo‘lladi.
Tailand poytaxti Bangkok shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, davlat rahbari ushbu og‘ir va musibatli damlarda qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va barcha yaqinlariga, Myanma xalqiga chuqur ta’ziya va hamdardlik izhor etdi.
28 mart kuni Myanma hududida 7,7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. AQSh Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi markaziy nuqtasi Mandalay shahridan 17,2 kilometr joyda, 10 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.
Yer silkinishi Tailand, Bangladesh, Hindiston, Xitoy va Laos hududlarida ham sezilgan.
Myanmada halok bo‘lganlar soni mingdan oshgani xabar qilindi, Tailandda ham o‘nlab qurbonlar qayd etilgan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda, qurbonlar soni yanada ortishi mumkin.
Mavzuga oid
19:13 / 12.12.2025
Akademik Abdulla Ubaydullayev vafot etdi
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025