Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVJ Ukraina uchun ko‘p millionlik yordam transhini tasdiqladi
XVJ Ijroiya kengashi to‘rt yillik EFF dasturi doirasida Kiyevga 400 million AQSh dollari ajratishni ma’qulladi. Ukraina iqtisodiyoti qiyin sharoitlarga qaramay barqarorligicha qolmoqda, deb hisoblaydi XVJ.
Ukraina o‘z budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ)dan navbatdagi moliyaviy yordam transhi oladi — taxminan 400 million dollar. 28 mart, juma kuni Ukraina uchun kengaytirilgan moliyalashtirish dasturini ko‘rib chiqishni yakunlagan Xalqaro valuta jamg‘armasi Ijroiya kengashi qarori tashkilotning veb-saytida e’lon qilindi.
«Ukraina iqtisodiyoti barqarorligicha qolmoqda va EFF dasturining ishlashi qiyin muhitga qaramay kuchli bo‘lib turibdi», deyiladi hujjatda.
Ukraina hukumati veb-saytida aytilishicha, XVJ EFF dasturi doirasida 2023 yildan 2027 yilgacha bo‘lgan davrda rejalashtirilgan 15,5 milliard AQSh dollaridan taxminan 9,8 milliard AQSh dollari miqdoridagi yetti transh allaqachon davlat budjetiga tushdi.
«Ukrainaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash imkonini beruvchi qo‘llab-quvvatlashi va tajribasi uchun Xalqaro valuta jamg‘armasiga minnatdorchilik bildiraman. Biz birgalikda aniqlangan islohotlarni amalga oshirish ustida ishlashni davom ettirmoqdamiz», — dedi Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026