Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Yevropa Ittifoqidan yana 3,5 mlrd yevrolik yordam oldi
Yevropa Komissiyasi Ukraine Facility fondidan Ukrainaga yana bir transh o‘tkazdi. Ushbu dastur doirasidagi yordamning umumiy miqdori 19,6 milliard yevroga yetdi.
Ukraina Ukraine Facility Yevropa yordam fondidan 3,5 milliard yevrolik navbatdagi, uchinchi transhni oldi. Bir yil davomida amalda bo‘lgan ushbu dastur doirasidagi qo‘llab-quvvatlashning umumiy miqdori 19,6 milliard yevroga yetdi. Bu haqda 1 aprel, seshanba kuni Yevrokomissiya sayti va Ukraina bosh vaziri Denis Shmixalning Telegram-kanalida xabar berildi.
«Ushbu mablag‘lar bizga makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolishda yordam beradi, - deb yozadi Shmixal. - Qiyin kunlarda Ukrainani qo‘llab-quvvatlaganingiz va birdamligingiz uchun tashakkur. Biz birgalikda mustahkam turib, hamma narsani tiklaymiz».
Bryussel bu moliyalashtirish «Ukrainaning makromoliyaviy barqarorligini mustahkamlaydi, uning boshqaruvini qo‘llab-quvvatlaydi va uzoq muddatli muhim islohotlarni ilgari suradi» deb umid qilmoqda.
Qayd etilishicha, Kiyev yangi to‘lovni olish uchun zarur shartlarni bajargan.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026