Toshkentning Yashnobod tumanida okeanarium quriladi
Ushbu okeanarium Chirchiq daryosi bo‘yidagi 20 gektar maydonni egallaydi. Yonida savdo-mehmonxona majmuasi ham qurilib, ularda jami 1 ming 600 ta ish o‘rni ochiladi.

Shavkat Mirziyoyev 14 aprel kuni turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Shu yil 9 aprelda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati, ajoyib tabiatidan foydalanib, sayyohlarni hozirgidan 2-3 karra ko‘paytirish mumkinligini ta’kidlagan edi.
Shunday xushmanzara joylardan biri – Bo‘stonliqdagi «Chorvoq darvozasi» majmuasi. Prezident o‘tgan yili dekabrda uning qurilishini borib ko‘rgan edi, yaqinda loyihaning birinchi bosqichi ochildi. Majmuada 16 ta ko‘p qavatli uy, 3 ta mehmonxona, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, kafe va restoranlar, bank ofisi, avtoturargoh bo‘ladi. Binolar tepasiga quyosh panellari o‘rnatiladi.
Taqdimotda majmuaning keyingi bosqichlarini qurish, sayyohlar uchun jozibadorligini oshirish borasidagi ishlar haqida axborot berildi. Uni arzon va ekologik toza energiya bilan ta’minlash uchun Chirchiq daryosida kichik gidroelektrstansiya barpo etish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.
Yana bir loyiha Toshkent shahrining Yashnobod tumanida okeanarium qurishga qaratilgan. Chirchiq daryosi bo‘yida 20 gektarda mo‘ljallangan ushbu okeanarium sayyohlarni jalb etadigan yana bir maskan bo‘ladi. Yonida savdo-mehmonxona majmuasi ham qurilib, ularda jami 1 ming 600 ta ish o‘rni ochiladi.
Shuningdek, Yakkasaroy tumanida turar joy va ishbilarmonlik maskani barpo etish mo‘ljallangan. Unda ko‘p qavatli uylar, bog‘cha va maktablar, sport va sog‘lomlashtirish maskanlari, mehmonxona va savdo ofislari bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Prezident loyihalarning huquqiy, moliyaviy jihatlari hamda infratuzilma masalalarini har tomonlama o‘ylab, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilarga sifat va muddatni aniq belgilab, bajarilishini nazorat qilish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

20:39 / 23.05.2025
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabrikladi

08:00 / 23.05.2025
O‘zbekiston prezidenti Sloveniyaga tashrifini yakunladi

23:48 / 22.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi

20:38 / 22.05.2025