Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kamera yo‘q xonada bolani urgan bog‘cha xodimi ishdan olindi
Toshkentda xususiy bog‘cha administratori 7 yoshli bolaga nisbatan qo‘pollik qilib, uni kamera yo‘q xonaga olib chiqib qasddan urgani aniqlandi. U bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, sud unga jarima qo‘lladi.
Toshkent shahridagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida xodim bolani kaltaklagani aniqlandi, deya xabar bermoqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova kotibiyati.
Qayd etilishicha, unga Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro G. A. murojaat yo‘llagan. Unda 7 yoshli farzandi V.D.ni bog‘cha administratori U.I. urib, jarohat yetkazganini bildirgan.
Murojaatchining bildirishicha, 36 yoshli xodim mazkur ishi uchun javobgarlikka tortilgan bo‘lsada, faoliyatini davom ettirayotgani bo‘yicha atroflicha o‘rganishda amaliy yordam so‘ragan. Shundan so‘ng holat bolalar ombudsmani so‘rovi asosida IIV va MTMV tomonidan o‘rganilgan.
Aniqlanishicha, administrator lavozimida ishlab kelgan ayol bolaga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni kamera yo‘q xonaga olib chiqib qasddan urib, sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga olib kelmagan yengil tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida ma’muriy javobgarlikka oid ish materiallari sudga yuborilgan. Sud 26 mart kuni I.U.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddaning 2-qismi (Qasddan yengil tan jarohati yetkazish) bo‘yicha jarima jazosi qo‘llagan.
Shuningdek, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ham bekor qilinib, mazkur muassasada faoliyati yakunlangan.
Mavzuga oid
20:25 / 06.06.2026
Kalamushlar, yoqimsiz hid va yillab davom etayotgan muammo: Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahalla ahli yechim kutayotgan holat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
08:53 / 23.05.2026
Toshkentda ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
20:59 / 05.05.2026