Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Click ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi
Raqobat qo‘mitasi Click AJni onlayn to‘lov tizimlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etdi. Avvalroq bu bozorda Payme ham ustun mavqega ega deb topilgandi.
Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan onlayn to‘lov tizimlari bozorida Click AJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi.
«Qo‘mita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatori faoliyatini raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ustun mavqeyini suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi va tegishli tartibda monitoring o‘tkazib borilishi ma’lum qilinadi», deyiladi xabarda.
Avvalroq, onlayn to‘lov tizimlari bozorida Payme ham ustun mavqega ega deb topilgandi.
Mavzuga oid
17:00 / 22.06.2026
Atigi 2 so‘m - JCh-2026 doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikkinchi o‘yini sharafiga bepul o‘tkazmali Click obunasi
00:05 / 21.06.2026
Raqobat qo‘mitasi 8 ta ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga narxlarni maqbullashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
10:00 / 16.06.2026
Yoqilg‘i narxi oshdi, ammo bu asossiz tariflar uchun bahona emas - Raqobat qo‘mitasi
09:01 / 02.06.2026