Raqobat qömitasi respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida körsatilayotgan tibbiy xizmatlar narxlarining adolatli şakllantirilganligini örganmoqda.
May oyiga qadar respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya, köz mikroxirurgiyasi, endokrinologiya, xirurgiya, urologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, ona va bola salomatligi, dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida örganişlar ötkazildi.
Dastlabki natijalarga köra, ayrim holatlarda tariflarni şakllantiriş böyiça belgilangan talablarga töliq rioya etilmagani aniqlandi.
Şu bois örganiş ötkazilgan markazlarga tariflarni amaldagi tartib va talablar asosida qayta şakllantiriş hamda narxlarni maqbullaştiriş böyiça körsatmalar berildi.
Örganişlar yakuni böyiça tibbiy xizmatlar tariflarini maqbullaştirişga qaratilgan umumlaştirilgan takliflar işlab çiqilib, vakolatli davlat organlariga yuboriladi.












