Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi
Latviya va Litva rasmiylari Serbiya prezidentining Moskvaga yo‘l olgan samolyotini «parvoz manzili» tufayli o‘tkazishga ruxsat bermaydi, deb yozadi Serbiyaning Kurir nashri.
Aleksandr Vuchich Foto: Valeriy Sharifulin / RIA Novosti
Latviya va Litva hukumati Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich samolyotining 9 may kuni tantanali tadbirlar uchun Moskvaga yo‘l olishi maqsadida mamlakat hududidan uchib o‘tishga ruxsat berishdan bosh tortdi. Bu haqda 6 may, seshanba kuni Serbiyaning Kurir nashri xabar berdi.
Latviya hukumati taqiqni «parvoz maqsadining siyosiy sezgirligi» bilan izohladi. O‘z navbatida, Litva «texnik va diplomatik nozikliklar» tufayli rad javobi berdi. Shuningdek, Kurir ma’lumotiga ko‘ra, Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoga ham Polsha va Litva havo hududi orqali parvoz qilish taqiqlangan. Bu mamlakatlar rasmiy vakillari hozircha xabarlarga izoh bermagan.
3 may kuni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich kasalligi tufayli AQShga rasmiy tashrifini to‘xtatib, Belgradga qaytdi va u yerda kasalxonaga yotqizildi. Ertasi kuni Serbiya moliya vaziri Sinisha Mali Aleksandr Vuchichning 9 may kuni Moskvadagi Qizil maydonda bo‘lib o‘tadigan tantanali paradda ishtirok etishi yoki qatnashmasligini hozircha aniq aytish imkoni yo‘qligini bildirdi. "Bir, ikki, uch kundan keyin, sog‘aygach, xalqqa murojaat qiladi. Uni bilgan holda, aytishim mumkin bo‘lgan yagona narsa, u o‘z so‘zining ustidan chiqqan odam ekanligini hisobga olib, va’dasini bajaradi", dedi Mali Rs telekanaliga intervyuda.
Mavzuga oid
12:23 / 24.03.2026
Litva Belarusdan dron uchib kelganini ma’lum qildi
15:45 / 23.03.2026
Ukraina haqidagi so‘zlaridan keyin Diter Bolen Litvada konsersiz qoldi
11:35 / 13.03.2026
XJS Lukashenko tanqidchilarining Belarusdan chiqarib yuborilishini tergov qilmoqda
09:21 / 07.03.2026