Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashdi.
Ko‘p qirrali O‘zbekiston – Serbiya munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Asosiy e’tibor tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, qayta ishlash, kimyo va elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi hamda turizm kabi sohalarda kooperatsiya dasturini ishlab chiqish masalalariga qaratildi.

Gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, rektorlarning birinchi forumi hamda Kino va madaniyat kunlarini o‘zaro o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
Yetakchilar xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildi.

Mavzuga oid
19:59 / 26.06.2026
Bosh prokuratura tomonidan “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushirildi
17:52 / 26.06.2026
Vatanparvar jurnalistlarni o‘zimga do‘st va maslakdosh deb bilaman - Shavkat Mirziyoyev
21:12 / 25.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Toni Bler hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
21:07 / 25.06.2026