Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina tarixda birinchi marta Vengriya josuslik tarmog‘ini fosh qildi
Razvedkachilar mahalliy aholining ijtimoiy-siyosiy qarashlarini, jumladan Vengriya armiyasining ehtimoliy bosqiniga munosabatini o‘rgangan.
Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) mamlakat hududida Vengriya harbiy razvedka tarmog‘i topilganini e’lon qildi. Qayd etilganidek, bu mamlakat tarixidagi birinchi shunday holat.
SBU bayonotida aytilishicha, agentlar Zakarpatya viloyati mudofaasi, xususan, S-300 havo mudofaa tizimining koordinatalari haqida ma’lumot to‘plagan, undagi zaif tomonlarni qidirgan va mahalliy aholining ijtimoiy-siyosiy qarashlarini, shu jumladan Vengriya armiyasining ehtimoliy bosqiniga munosabatini o‘rgangan.
Bundan tashqari, ular Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya bilan urushdagi yo‘qotishlari va frontdagi vaziyat haqida ma’lumot to‘plagan. Ikki agent hibsga olindi, ulardan biri 40 yoshli ukrainalik sobiq harbiy bo‘lib, u 2021 yilda yollangan va «kutish rejimiga» o‘tkazilgan. Ularning kuratori, Ukraina razvedka xizmatlariga ko‘ra, Vengriya harbiy razvedkasining mansabdor xodimi bo‘lgan.
Reuters xabariga ko‘ra, Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto matbuot anjumanida SBU hisobotini «Ukraina propagandasi, bunga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kerak», dedi.
Biroq, Siyyarto tez orada diplomatik niqob ostida josuslik bilan shug‘ullangani aytilgan ikki ukrainalik diplomat Vengriyadan chiqarib yuborilishini e’lon qildi.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026