Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mushkul vaziyatda qolgan ona va bola O‘zbekistonga qaytarildi
Rossiyada 2 yoshli qiz otasi hibsxonada, onasi migratsiya markazida saqlanayotgani sababli ota-ona qaramog‘isiz qoldi. Bolalar ombudsmani va boshqa idoralar harakatlari natijasida bola va onasi O‘zbekistonga qaytarildi.
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana bir voyaga yetmagan qiz onasi bilan Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi, deya xabar bermoqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova idorasi.
Bolalar ombudsmaniga Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.G (ayol)ning murojaati kelib tushgan.
Unda ayol 2023 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan nevarasi D.R.ning otasi vaqtincha hibsxonada, onasi esa migratsiya markazida saqlanayotgani sababli qiz ota-ona qaramog‘isiz qolganini bildirgan. U hozirda Nijniy Novgorod shahar bolalar shifoxonasida ekanini aytib, nevarasini O‘zbekistonga qaytarilishida amaliy ko‘mak so‘ragan.
Bolalar ombudsmani, Ichki Ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Rossiyadagi Bosh konsulligi vakillari hamkorligida bolaning O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilib, hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, Bosh konsullik sa’i-harakatlari bilan bolaning onasi ham O‘zbekistonga farzandi bilan qaytishi uchun choralar ko‘rilgan.
16 may kuni qizcha onasi hamrohligida O‘zbekistonga olib kelingan va buvisining yashash manziliga yetkazilgan.
Mavzuga oid
11:06 / 01.02.2026
Rossiyaning turli hududlarida qarovsiz qolgan olti bola O‘zbekistonga qaytarildi
13:31 / 27.09.2025
“Aybdor shaxslarga qat’iy javobgarlik ko‘rilishi shart” – Bolalar ombudsmani bog‘cha bolalari zaharlanishi haqida
23:51 / 25.06.2025
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
13:57 / 13.06.2025