Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin urushdan qanday chiqishni bilmaydi – Vens
AQSh vitse-prezidenti so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiya muloqotga tayyor bo‘lmasa, «oxir-oqibat AQSh bu bizning urushimiz emasligini aytishi kerak».
Oq uy Ukrainadagi mojaroni hal qilish jarayoni boshi berk ko‘chaga kirib qoldi, deb hisoblaydi. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Jyeyms Vens Sky News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin «urushdan qanday chiqishni bilmaydi». Shuning uchun ham AQSh prezidenti u bilan 19 may kuni telefon orqali gaplashmoqchi.
«Vaziyat ma’lum darajada boshi berk ko‘chada ekanini tushunamiz. Tramp prezident Putinga «Niyating jiddiymi?» demoqchi», dedi Vens.
Uning fikricha, agar Rossiya muloqotga tayyor bo‘lmasa, «oxir-oqibat AQSh bu bizning urushimiz emasligini aytishi kerak».
Avvalroq, Kremlga yaqin manbalar Bloomberg agentligiga Putin urushni tugatishdan manfaatdor emasligini va yil oxiriga qadar Ukrainaning to‘rtta hududi – Donetsk, Lugansk, Zaporojiye va Xersonni to‘liq qo‘lga kiritmoqchi ekanini aytdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Putin Qo‘shma Shtatlar tomonidan yangi sanksiyalar qo‘llanishi ehtimolidan qo‘rqmaydi, shu bois Tramp kelishuv masalasida jiddiy yon bosishga erishmaydi. Ayni paytda, Kiyev Tramp va Putin o‘z tinchlik rejasini kelishib, Ukrainaga Amerika qurol-yarog‘ ta’minotini to‘xtatish tahdidi ostida uni barcha shartlarga ko‘ndirmoqchi bo‘lishidan qo‘rqmoqda, deb yozdi CNN. Telekanalning yozishicha, aynan shu sababli hozirda AQSh prezidentining e’tiborini tortish uchun kurash ketmoqda.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026