Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Yevropada elektromobillar ishlab chiqarishni xavf ostiga qo‘ydi
XXR tomonidan nodir metallar eksportiga nisbatan joriy etilgan cheklovlar sabab iyun oyidan elektromobillar ishlab chiqarish to‘xtatilishi mumkin.
Xitoy tomonidan nodir elementlar eksportiga qo‘yilgan cheklovlar sabab butun dunyoda elektromobillar ishlab chiqarish jarayonlari xavf ostida qoldi, deb xabar beradi Automobilwoche nashri.
Qayd etilishicha, ushbu elementlar — elektromotorlarda ishlatiladigan doimiy magnitlar ishlab chiqarishda muhim material hisoblanadi.
Doimiy magnit bo‘yicha global ishlab chiqarish bozorining 90 foizini va qayta ishlanadigan nodir metallarning deyarli barchasini nazorat qiladigan Xitoy eksportni bir oydan oshiq muddatga to‘xtatib qo‘ygan. Bunga AQSh bilan savdo munosabatlari keskinlashgani sabab bo‘lmoqda.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, Yevropa va Amerika kompaniyalari 4-6 haftalik zaxiralarga ega, ammo tayyor modullar yetishmovchiligi hozirdan kuzatilmoqda. Yetkazib berishlar qayta tiklanmasa, elektromobil ishlab chiqarish iyun o‘rtalariga borib to‘xtatilishi mumkin.
Tahlilchilarning fikricha, ushbu inqiroz 2021-2022 yilda kuzatilgan chiplar defitsitidan ham kuchliroq zarar yetkazishi mumkin, chunki u Yevropa faol ravishda rivojlantirayotgan elektromobil infratuzilmasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoy bilan muzokaralar asosida o‘zaro tarif stavkalarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Xitoy eksporti uchun tariflarni 120 foizdan 54 foizga o‘zgartirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026