Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qotillikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Salvadordan Rossiyaga ekstraditsiya qilindi
Interpol uni 2023 yil may oyida hibsga olgan edi.
2021 yilda Sankt-Peterburgda sodir etilgan qotillikda ayblanayotgan shaxs Salvador Respublikasidan Rossiyaga ekstraditsiya qilindi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bu operatsiya mamlakatlar o‘rtasida ekstraditsiya bo‘yicha birinchi holat bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 2021 yildan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lib, u Sankt-Peterburgda sodir etilgan qotillikda ayblanmoqda. Uning ismi-sharifi xabarda keltirilmagan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, janjal paytida u jabrlanuvchining ko‘kragiga o‘tkir buyumni sanchgan, oqibatda jarohat halokatli bo‘lgan. So‘ngra gumondor xorijga qochib ketgan.
Interpol qochoqni 2023 yil may oyida Markaziy Amerikadagi eng kichik davlat Salvadorda topdi. Mamlakat hukumati Rossiya Bosh prokuraturasining so‘rovini bajardi va 2025 yil 25 may kuni gumonlanuvchi Rossiya tomoniga topshirildi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk ekstraditsiya ikki davlat huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik amaliyotida o‘ziga xos bo‘lganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
20:23 / 17.04.2026
Humans asoschisi qidiruvga berildi
13:32 / 17.04.2026
Ravshan Muhitdinov ham xalqaro qidiruvga berilgan
15:09 / 05.02.2026
Firibgarlikda ayblangan shaxs Interpol orqali BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
15:41 / 01.02.2026